“JANUB GAVHARI”
OromgohSurxondaryo viloyati, Uzun tumani, Malandiyon MFY Xaritadan ko'rish
Ma'lumotlar
“JANUB GAVHARI” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohi 7–14 yoshli bolalar uchun yozgi sog‘lomlashtirish oromgohi bo‘lib, Termiz shahridan 180 km uzoqlikda va Uzun tumanidagi ekologik toza hududda joylashgan. Ko‘p asrlik daraxtlar hamda nafas yo‘llari uchun toza kislorod ajratib chiqaruvchi archalarga boy 2,8 gektar maydon ajoyib dam olish uchun qulay muhit yaratadi.
Turar joylar barcha qulayliklarga ega bo‘lib, 25 kishilik shinam xonalardan iborat. Ovqatlanish xonasida kuniga 5 mahal mazali va foydali taomlar taklif etiladi. Ichki ishlar, Milliy gvardiya va Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari tunu-kun bolalar xavfsizligi uchun navbatchilik qilishadi.
Har kuni tajribali yetakchilar va tarbiyachilar bolalar uchun turli xil mahorat darslari, ularning qiziqishlari bo‘yicha ijodiy va sport tadbirlarini o‘tkazadilar. Aktyorlik, musiqa, xoreografiya va qo‘l san’atlari shular jumlasidandir. Sport ixlosmandlari bizning sport maydonchalarimizda tennis, voleybol, shaxmat-shashka, badminton va futbol bilan shug‘ullanishlari mumkin.
Dam oluvchilarning ixtiyorida konsert va spektakllar uchun joylar, o‘yin hamda sport maydonchalari, yozgi kinoteatr, kutubxona, basseyn va dam olish maskanlari mavjud. Har kuni oromgohda bolalar ishtirokida diskoteka, tanlovlar va ko‘ngilochar shoulardan iborat maxsus dasturlar tayyorlanadi.
Muloqot tili: Rus / O‘zbek
Yosh chegarasi: 7–14 yosh
Smenadagi bolalar soni: 200 nafar
Oromgoh ijtimoiy tarmoqlari: @Janub_Gavhari_B
Xaritada
Xaritadan ko'rishO'xshash muassasalar

"ZOMIN SUNRISE" bolalar sog'lomlashtirish oromgohi
OromgohJizzax viloyati, Zomin tumani, Duoba MFY Xaritadan ko'rish
"NIHOL"
OromgohToshkent viloyati, Bo‘stonliq tumani, Navobod MFY, Yusufxona ko‘chasi, 337-uy Xaritadan ko'rish

"Humo" bolalar sogʻlomlashtirish oromgohi
OromgohXorazm viloyati, Qoʻshkoʻpir tumani, Amirqum mahallasi Xaritadan ko'rish
"HUMO"
OromgohXorazm viloyati, Qo‘shko‘pir tumani, Amirqum MFY Xaritadan ko'rish