Bolalarga nisbatan zo‘ravonlikning bir necha turi bor. Masalan:
Jismoniy zo‘ravonlik, ruhiy zo‘ravonlik, jinsiy zo‘ravonlik, g‘amxo‘rlik ko‘rsatmaslik, ekspluatatsiya qilish hamda ta’qib qilish.
Bunday ishlar qilish mumkin emas. Qonun bolalarni himoya qiladi.
Jismoniy zo‘ravonlik — bu kimdir bolaga tanasiga og‘riq yetkazadigan yoki uni jarohatlaydigan ish qilsa, shunday holat hisoblanadi. Masalan, bolani urish, tepish, qattiq turtish yoki unga zarar yetkazish jismoniy zo‘ravonlikdir.
Shuningdek, bola xavfli vaziyatda bo‘lsa va kattalar unga yordam bermasa, bu ham noto‘g‘ri hisoblanadi.
Har bir bola xavfsiz bo‘lishi va himoya qilinishi kerak. Agar kimdir bolaga shunday muomala qilsa, bu haqda ishonchli kattalarga aytish kerak.
Jinsiy zo‘ravonlik – bu kimdir bolaga noo‘rin va uyatli harakatlar qilsa yoki bolani shunday ishlarga majburlasa, shunday holat hisoblanadi.
Masalan, bolaga teginish mumkin bo‘lmagan joylariga tegish, bolani noqulay yoki qo‘rqinchli ishlarga majburlash yoki uni aldab shunday ishlarga jalb qilish jinsiy zo‘ravonlikdir.
Bunday ishlar qilish mumkin emas. Agar kimdir bolaga shunday yomon muomala qilsa, bu haqda darhol ishonchli katta odamga – ota-ona, o‘qituvchi yoki boshqa ishonchli insonga aytish kerak.
Ruhiy zo‘ravonlik – bu kimdir bolani haqorat qilsa, kamsitsa, qo‘rqitsa yoki uni doim yomon so‘zlar bilan xafa qilsa, shunday holat hisoblanadi.
Masalan, bolani mazax qilish, tahdid qilish, uning qadrini pastga urish yoki o‘zini yomon his qilishiga sabab bo‘lishi ruhiy zo‘ravonlikdir.
Bunday muomala bolaning kayfiyatiga va his-tuyg‘ulariga zarar yetkazadi. Har bir bola hurmat bilan muomala qilinishiga haqli. Agar kimdir shunday muomala qilsa, bu haqda bolalar o‘zidan katta insonlarga aytishi kerak.