ORTGA
Sizning natijangiz 0%

O‘zbekistonda 16 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun ijtimoiy tarmoqlarga cheklov joriy etilishi mumkin

03.07.2026, 14:58
15

16 yoshga to‘lmagan bolalarning ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishini cheklashni nazarda tutuvchi qonun loyihasi ishlab chiqilishi mumkin. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri E’zoza Karimova ma’lum qildi.
Vazirning aytishicha, mazkur tashabbus yuzasidan parlament deputatlari va senatorlar bilan dastlabki muhokamalar o‘tkazilgan. Yaqin vaqtlarda qonun loyihasi tayyorlanib, keng jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilishi rejalashtirilmoqda.
E’zoza Karimovaning ta’kidlashicha, bugungi kunda bolalarni smartfon va internetdan butunlay uzib qo‘yishning imkoni yo‘q. Ammo ularda raqamli texnologiyalardan to‘g‘ri va me’yorli foydalanish madaniyatini shakllantirish dolzarb vazifa hisoblanadi.
«Hozir texnika asri. Bolalardan telefonlarni olib qo‘ya olmaymiz. Lekin undan foydalanish madaniyati va me’yori bo‘lishi shart», — degan vazir.