Yulduzchalar soni
02025
0Jami
Yulduzchalarni yig'ish uchun, o‘yinlarni o‘ynang va ball yulduzachalar sonini oshiring!
Mening yulduzlarimBolalar va katta yoshdagilarning qo‘shimcha ta'lim olishi uchun shart-sharoitlar yaratiladi
Qonun (O‘RQ–1091-son, 23.10.2025-y.) bilan ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritildi.
Qonun hujjatlariga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarga ko‘ra, qo‘shimcha taʼlim quyidagi turlarni o‘z ichiga oladi:
➖ bolalar uchun qo‘shimcha taʼlimni;
➖ katta yoshdagilar uchun qo‘shimcha taʼlimni.
Bolalar uchun qo‘shimcha taʼlim uzluksiz taʼlim berishning tarkibiy qismi sifatida ularning isteʼdodi va qobiliyatini rivojlantirish, maʼnaviy ehtiyojlarini qanoatlantirish maqsadida amalga oshiriladi.
Bunda davlat organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari, shuningdek tijorat tashkilotlari madaniy-estetik, ilmiy, texnikaviy, sport va boshqa yo‘nalishlarda bolalar uchun qo‘shimcha taʼlim tashkilotlarini tashkil etishi mumkin.
Katta yoshdagilar uchun qo‘shimcha taʼlim ularning taʼlimga bo‘lgan ehtiyojlarini qanoatlantirish, qo‘shimcha bilim va ko‘nikmalarni egallashiga ko‘maklashish uchun tashkil etiladi.