НАЗАД
Ваш результат 0%

Britaniyada ham bolalar uchun ijtimoiy tarmoqlar taqiqlanadi

16.06.2026, 09:56
22

Buyuk Britaniya Bosh vaziri Kir Starmer mamlakatda 16 yoshdan kichik bolalarga ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishni taqiqlash joriy etilishini tasdiqladi. Bu haqda “The Guardian” xabar berdi.
Starmerning aytishicha, bu qaror mamlakat uchun muhim bosqich bo‘lib, bolalar va jamiyat kelajagi uchun katta o‘zgarish hisoblanadi.

“Bugun biz muhim qarorni e’lon qilyapmiz – hukumat 16 yoshdan kichik barcha bolalar uchun ijtimoiy tarmoqlarga kirishni taqiqlaydi”, degan u.
Bosh vazirning aytishicha, Britaniyadagi ko‘plab ota-onalar bu tashabbusni qo‘llab-quvvatlagan. Shuningdek, o‘smirlar taqiqni chetlab o‘tishga uringani uchun jazolanmasligi ham aytilgan. Hukumat bu qarorni kelasi yil boshigacha joriy etishni rejalashtirmoqda.
Taqiq joriy etilishidan avval bu masala yirik texnologiya kompaniyalari bilan ham muhokama qilingan.“Agar bunday cheklovlar joriy qilinsa, bolalar YouTube o‘rniga nazorati kamroq bo‘lgan va xavfsizligi pastroq bo‘lgan boshqa platformalarga o‘tib ketishi mumkin”, deydi YouTube vakillari.