Yulduzchalar soni
02026
0Jami
Yulduzchalarni yig'ish uchun o‘yinlarni o‘ynang va yulduzachalar sonini oshiring!
Mening yulduzlarimIndoneziya ham 16 yoshgacha boʻlgan bolalar uchun ijtimoiy tarmoqlarni cheklamoqda
Indoneziya hukumati 16 yoshgacha boʻlgan bolalar uchun ijtimoiy tarmoqlarga kirishga yoshga oid cheklovlar joriy etadi. Ushbu cheklovlar 28-martdan boshlab kuchga kiradi, deb xabar bermoqda Variety nashri.
Indoneziya aloqa va raqamli texnologiyalar vaziri bolalar uchun akkauntlarni deaktivatsiya qilish jarayoni 28-martdan boshlanishini ma’lum qildi. U ushbu qarorni onlayn pornoqrafiya, kiberbulling, onlayn firibgarlik va internetga qaramlik kabi tahdidlarga qarshi kurashish maqsadida qabul qilinganini ta’kidladi.
Uning soʻzlariga koʻra, 16 yoshgacha boʻlgan bolalar uchun yuqori xavfli platformalardagi akkauntlar, jumladan, YouTube, TikTok, Facebook, Instagram, Threads, X , Bigo Live va Roblox kabi tarmoqlarda deaktivatsiya qilinadi. Hukumat bu qarorni, ota-onalarga algoritmlar gigantlari bilan yolgʻiz kurashishga toʻgʻri kelmasligi uchun qabul qilganini ta’kidladi.
Cheklovlar turli yosh guruhlari uchun farq qiladi. 13 yoshgacha boʻlgan bolalar faqat oʻz yoshiga mos platformalardan foydalanishlari mumkin, 13 – 16 yoshgacha boʻlgan bolalarga esa faqat past xavf darajasiga ega xizmatlarga kirishga ruxsat beriladi.