Voyaga yetmaganning jinoyatlari haqidagi ishni yuritishda qonuniy vakilning qatnashishi shart.
- Ha
- Yo'q
Voyaga yetmagan gumon qilinuvchini, ayblanuvchini soʻroq qilishning umumiy davomiyligi kun davomida dam olish va ovqatlanish uchun bir soatlik tanaffusni hisobga olmaganda olti soatdan oshmasligi kerak.
- Ha
- Yo'q
O‘quvchining o‘zi xohlab tursa ham, uni 15 yoshida sog‘lig‘iga yoki o‘qishiga zarar yetkazadigan og‘ir ishga qonunan ishga qabul qilish mumkinmi?
- Ha
- Yo'q
14 yoshga to‘lgan bola o‘ta og‘ir jinoyat (masalan, qasddan odamga og‘ir tan jarohati yetkazish yoki bezorilik) sodir etsa, qonun oldida jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkinmi?
- Ha
- Yo'q
Agar o‘quvchi maktab qoidalarini davomiy ravishda buzib, dars qoldirish va bezorilik bilan shug‘ullansa, buning uchun uning ota-onasiga ma‘muriy jarima solinishi mumkinmi?
- Ha
- Yo'q
O‘quvchi maktabda sinfdoshining telefonidagi shaxsiy yozishmalari va suratlarni uning ruxsatisiz internetga tarqatsa, bu shunchaki “hazil” hisoblanib, qonun bo‘yicha hech qanday javobgarlik tug‘dirmaydimi?
- Ha
- Yo'q
O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan bola 16 yoshga to‘lgach, fuqarolikni tasdiqlovchi identifikatsiya ID-kartasini (yoki pasport) olishi qonunan shartmi?
- Ha
- Yo'q
Maktab o‘quvchilari tuni bilan (soat 23:00 dan keyin) ota-onasi yoki qonuniy vakillarining hamrohligisiz ko‘chada yoxud ko‘ngilochar joylarda bemalol yurishiga qonun ruxsat beradimi?
- Ha
- Yo'q
Ota-onalar 10 yoshga to‘lgan farzandining ismini yoki familiyasini uning o‘zidan ruxsat so‘ramasdan va roziligini olmasdan o‘zgartirishi mumkinmi?
- Ha
- Yo'q
Agar 16 yoshga to‘lgan o‘quvchi rasmiy mehnat shartnomasi bo‘yicha ishlatsa yoki ota-onasi roziligi bilan tadbirkorlik qilsa, uni 18 yoshga to‘lmasdan turib ham “to‘liq muomala layoqatli” (katta yoshlilar kabi to‘liq huquq egasi) deb e’tirof etish mumkinmi?
- Ha
- Yo'q