Yulduzchalar soni
02025
0Jami
Yulduzchalarni yig'ish uchun o‘yinlarni o‘ynang va yulduzachalar sonini oshiring!
Mening yulduzlarimYo'l harakati qoidalariga rioya qiling!
Yo'l harakati qoidalariga rioya qiling!
Afsuski, turli yo‘l-transport hodisalari sodir bo‘layotgani, yosh bolajonlar jarohatlangani, hatto halok bo‘layotgani haqida xabarlarda tez-tez eshitamiz. E’tiborsizlik, shoshqaloqlik, yo‘l harakati qoidalarini bilmaslik yoki haydovchining ham, piyodalarning ham ushbu qoidalarga rioya qilmasligi ana shunday ayanchli oqibatlarga olib keladi. Baxtsiz hodisa sizning necha yoshda ekanligingizga qaramaydi va shoshayotganingiz, kechikishingizning ahamiyati yo'q. Falokat eng avval e’tiborsiz va qoidalarga amal qilmaydiganlarni birinchi navbatda jazolaydi.
Biz barcha bolajonlar, o'quvchilar, sizning do'stlaringiz, yaqinlaringiz va qarindoshlaringiz hech qachon hech qayerga shoshilmasligingiz eng muhimi falokatdan uzoq bo’lishingizni chin dildan xohlaymiz, chunki qancha sekin yursangiz, shunchalik uzoqqa borasiz va biz bexavotir bo’lamiz!
Har doim yo'l harakati qoidalarini yodda tuting va unga rioya qiling, agar kimdir to'satdan nimanidir unutgan bo'lsa yoki hali bilmasa, biz sizga mamnuniyat bilan qoidalarni eslatamiz va aytib beramiz.
O’yin maydonlari, hovlida o'zini tutish qoidalari
- Siz hovlida faqat o'yinlar uchun mo'ljallangan maxsus maydonda o'ynashingiz mumkin, bu yerda avtomobillar va mototsikllar harakatiga ruxsat berilmaydi.
- Ko'pincha, bola o'z uyiga yaqinlashganda va uyga borish uchun tezda yo'lni kesib o'tishni xohlasa, xavf tug'iladi va o'sha paytda yo'l bo'ylab ketayotgan mashinani sezmasligi mumkin. Shuning uchun yo’ldan o’tganda mashinalar yo’qligiga ishonch hosil qiling va shoshilmang.
- Ko'pincha podyezd yoki hovli darvozasi kirish joyi yaqinida mashinalar turadi. Ular yo'lning ko'rinishini to'sib qo'yishi mumkin, shu tufayli siz boshqa mashinani, mototsiklni, velosipedchini sezmasligingiz mumkin. Unutmang, har doim katta yo’lga chiqqanda avtomobil va boshqa transport vositalarini yo’qligiga ishonch hosil qiling. Yo’lni kesib o’tishda albatta katta yoshdagilar bilan birga o’ting.