Yulduzchalar soni
02025
0Jami
Yulduzchalarni yig'ish uchun o‘yinlarni o‘ynang va yulduzachalar sonini oshiring!
Mening yulduzlarimNiderlandiyada 15 yoshgacha boʻlgan bolalar uchun ijtimoiy tarmoqlarga taqiq tavsiya qilindi
Niderlandiyada 15 yoshgacha boʻlgan bolalar uchun ijtimoiy tarmoqlarga taqiq tavsiya qilindi
Niderlandiya rasmiylari bolalarni raqamli dunyo taʼsiridan himoya qilish maqsadida, 15 yoshgacha boʻlgan bolalar va oʻsmirlarga TikTok, Instagram kabi ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishni taqiqlashni tavsiya qilmoqda.
Yangilangan tavsiyalarga koʻra:
► Bolalarga mobil qurilmalarda oʻtkazadigan vaqtni keskin cheklash;
► Bolalar yotoqxonalarida ekranli qurilmalarni taqiqlash;
► 13 yoshdan kichik bolalarga ijtimoiy tarmoqlarga umuman ruxsat berilmasligi lozimligi taʼkidlanmoqda.
Niderlandiya Sogʻliqni saqlash vazirligi va parlament ekspertlari taʼkidlashicha, ijtimoiy tarmoqlarda uzoq vaqt oʻtkazish:
► uyqu buzilishi;
► depressiya;
► xavotir, hatto panik hujumlar kabi salbiy oqibatlarga olib kelmoqda.
Ayni paytda Niderlandiya maktablarida telefondan foydalanish taqiqlangan. Biroq yangi tavsiyalar hozircha qonunan kuchga ega emas.
Yevropa Ittifoqining boshqa mamlakatlarida ham oʻxshash tashabbuslar muhokama qilinmoqda. Avstraliya esa hozircha yagona mamlakat boʻlib, u yerda 2024-yil noyabridan boshlab oʻsmirlarga ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish qonuniy ravishda taqiqlanadi.
Bundan tashqari Avstraliyada ham 16 yoshgacha boʻlgan bolalarning ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishini taqiqlovchi qonun qabul qilingan.
Taqiq Avstraliya Senati tomonidan maʼqullangan. Endi ijtimoiy tarmoqlarga egalik qiluvchi kompaniyalarga 16 yoshdan kichik foydalanuvchilarga ulardan foydalanishga ruxsat berish taqiqlanadi.
Qoidabuzarlik uchun 32 million dollarigacha jarima belgilangan.
Taqiqni chetlab oʻta olgan bolalar uchun jazo koʻzda tutilmagan.