Yulduzchalar soni
02025
0Jami
Yulduzchalarni yig'ish uchun o‘yinlarni o‘ynang va yulduzachalar sonini oshiring!
Mening yulduzlarimMarkaziy Osiyo Bolalar ombudsmanlarining birinchi xalqaro forumi o‘z ishini boshladi
Markaziy Osiyo Bolalar ombudsmanlarining birinchi xalqaro forumi o‘z ishini boshladi.
2025-yilning 11-12 sentyabr kunlari BMT ning Bolalar fondi (YUNISEF) ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi va YXHT ning O‘zbekistondagi loyihalari koordinatori hamkorligida “Markaziy Osiyo davlatlarida bola huquqlarini himoya qilish mexanizmlarini kuchaytirish dolzarb masalalari: Bola huquqlari bo‘yicha vakillarning mintaqaviy hamkorligi” mavzusida birinchi xalqaro forum o‘tkazilmoqda.
Forumda Markaziy Osiyo davlatlari - Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekiston bolalar ombudsmanlari, shuningdek Norvegiya, Xorvatiya bolalar ombudsmanlari hamda Yevropa bolalar ombudsmanlari tarmog‘i (ENOK)ga rahbarlik qilayotgan Finlyandiya bolalar ombudsmani ishtirok etmoqda.
O‘zbekiston tashabussiga ko‘ra tashkil etilgan mazkur forum kun tartibidan
- mintaqadagi bolalar vaziyatining milliy monitoringi;
- internet makonida bolalar xavfsizligini ta’minlash;
- bolalarga nisbatan zo‘ravonlikning barcha shakllarini oldini olishning samarali mexanizmlari;
- bolalarning odil sudlovdan foydalanish imkoniyatlarini ta’minlash kabi qator masalalar o‘rin olgan.
Forum doirasida Markaziy Osiyo davlatlarining bola huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish sohasidagi tajribalar xususida plenar sessiyalar davom etmoqda.