Yulduzchalar soni
02025
0Jami
Yulduzchalarni yig'ish uchun o‘yinlarni o‘ynang va yulduzachalar sonini oshiring!
Mening yulduzlarim“Konstitutsiyaga sayohat” interaktiv kitobi va multfilmlari taqdimoti bo‘lib o‘tdi
Adliya vazirligi tomonidan Konstitutsini keng aholi qatlamiga, ayniqsa, o‘quvchi yoshlarga oddiy va sodda tilda tushuntirish maqsadida “Konstitutsiyaga sayohat” interaktiv kitobi hamda huquqiy multfilmlar keng jamoatchilikka taqdim etildi.
Tadbirda Konstitutsiyada belgilangan boshlang‘ich huquqiy normalarni o‘quvchi yoshlarga targ‘ib qilish, ularni Konstitutsiyaga hurmat ruhida tarbiyalash hamda huquqiy savodxonligini yanada oshirish maqsadida “Konstitutsiyaga sayohat” interaktiv kitobi hamda huquqiy multfilmlar taqdimoti o‘tkazildi.
“Konstitutsiyaga sayohat” — Bosh qomusimizdagi normalarni bola tilidan tushuntiruvchi interaktiv kitob hamda 40 seriyali multfilmdan iborat. Loyiha yoshlarni Konstitutsiyaga hurmat ruhida tarbiyalash hamda huquqiy savodxonligini yanada oshirishga qaratilgan. Undagi moddalar sodda tilda, bolalar uchun tushunarli tarzda hamda qiziqarli qahramonlar tilidan hikoya qilinadi.
Konstitutsiyaning deyarli har bir moddasi oddiy va tushunarli sharhlar asosida ochib berilgan.
Ushbu loyihadan ko‘zlangan maqsad yosh avlodni bolalikdan huquqiy bilimlarini mustahkamlash, muammo va turli vaziyatlarga yechim topa oladigan huquqiy ongi va dunyoqarashi yuksak avlodni tarbiyalashdan iborat. Endilikda, bolalar tiliga o‘girilgan Konstitutsiya qoidalari kitobi va multfilmlar maktabgacha ta’lim va maktab yoshidagi bolalarga foydali bo‘ladi, maktablarda Huquq darslarida qo‘llaniladi va Konstitutsiya normalarini maktab yoshidagilarga o‘rgatishda muhim dasturulamal bo‘ladi.
Mazkur tadbirda Adliya vazirligi, “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi, Maktabgacha ta’lim va maktab ta’limi vazirligi, Konrad Adenauer nomidagi fondning Markaziy Osiyodagi vakolatxonasi rahbari, OAV hamda jamoatchilik faollari ishtirok etdi.
Tadbirda so‘zga chiqqanlar yosh avlod ongiga huquq va burch, halollik hamda odob-axloq normalarini chuqur singdirib borish, Konstitutsiyaning muhim jihatlarini ularga bolaligidan boshlab o‘rgatishning ahamiyati, bu orqali yuksak huquqiy ongni shakllantirish kelajakda o‘z huquqini, burchlari, vazifalarini puxta biladigan va shunga mutanosib huquqiy demokratik davlatni rivojlantiradigan avlodni tarbiyalashda zamin bo‘lishi haqida muhim fikrlarni bildirib o‘tdi.
Tadbir davomida bolalarga huquqni sodda tilda tushuntirishga qaratilgan qator yangi loyihalar haqidagi videoroliklar hamda “Konstitutsiyaga sayohat” multfilmining 1-qismi namoyish etildi.
Shu bilan birga “Konstitutsiyaga sayohat” interaktiv kitobi ming nusxada Maktabgacha ta’lim va maktab ta’limi vazirligiga topshirildi.
Tadbir yakunida yig‘ilganlar tomonidan loyiha haqida iliq fikrlar bildirildi.